O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Muqaddam qotillik sodir etgan shaxs yana odam o‘limiga sababchi bo‘ldi  

Samarqand viloyati. 2021 yilning 13 mart kuni soat 22:30 larda 46 yoshli Baxtiyor R., mast holatda bo‘la turib, Samarqand shahri Sattepo mavzesi X.Sheroziy MFY., da joylashgan yashash xonadoniga tanishi 48 yoshli Alidjan M., mast holatda kelib, u bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilishni taklif qilib, o‘zaro janjallashib qolishlari oqibatida, qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan ko‘krak qismiga bir marotaba urib, jarohat yetkazganidan so‘ng yordam berish maqsadida tashqariga chiqib do‘kon ishchisidan yordam so‘ragan. O‘tkazilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Alidjan M., shifoxonada vafot etgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Baxtiyor R., muqaddam Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qotillik jinoyati) bilan sudlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Baxtiyor R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.  

Hozirda tergov davom etmoqda.      

  

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech