O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bektemirlik fuqaro Yuqorichirchiqda “nasha” bilan qoʼlga tushdi

Toshkent viloyati. 2020 yil 22 may kuni soat 14:30 da Yuqorichirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan Gulbogʼ mahallasi hududida Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi 35 yoshli Ye.А., maqsadsiz yurganligi va oʼzini shubhali tutganligi sababli tezkor suhbat oʼtkazilib xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida, qoʼlida boʼlgan qora rangli polimer paketga oʼralgan yashil rangli, oʼtkir hidli “nasha” ga oʼxshash oʼsimlik barglarini oʼzi bilan olib yurganligi aniqlanib, mazkur oʼsimlik barglari xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʼra, fuqaro Ye.А.,dan olingan polimer paket ichidagi oʼsimlik moddasi xoʼl, “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi va uning sof ogʼirligi 1.407 grammni tashkil qilishi aniqlangan.

Holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (koʼp miqdordagi giyovandlik vositalarini oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda saqlash) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech