O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mast holatda avtomashinani olib qochib, YTHga uchragan shaxs ushlandi

Namangan. 2020 yilning 28 may kuni soat 02:30 da Mingbuloq tumani Dovduq MFY da muqaddam sudlangan 31 yoshli N.J. mast holatda qo‘shnisi, 52 yoshli O.Sh., ga tegishli  “M-412IE” rusumli avtomashinani yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib olib qochgan va avtomashinani Namangan tumani Qoratepa-Guldirov yo‘nalishidagi ichki yo‘ldan harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chap tomonidagi zovurga tushib ketib, hodisa joyidan yashiringan. Ko‘rilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida N.J. ushlangan.

Holat yuzasidan Mingbo‘loq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan N.J., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha N.J. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinb, prosessual tartibda ushlangan.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech