O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Koreyaga ishga ketish uchun Qo‘qon bozorida pul bergan fuqarolarning umidi puchga chiqdi

Qashqadaryo viloyati. 2017 yilning sentyabr oyidan 2018 yilning aprel oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, fuqaro 54 yoshli Asqar Yu., o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Qarshi shahar Eski bozor savdo majmuasida tanishlari Shoxrux D., va Farrux K.,larga “Janubiy Koreya davlatiga ishga jo‘nataman” deb ularni ishonchiga kirib jami 9.500 AQSH dollar pullarini aldov yo‘li bilan olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan, turli bahonalar qilib, olgan pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Asqar Yu.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “B” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarning qo‘llariga o‘zingizni xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘zingizni qo‘lingizda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech