Xulosa chiqarmagan retsidivist
Toshkent viloyati. 2020 yilning 14 iyul kuni soat 20:30 da muqaddam transport vositasini olib qochish jinoyatini sodir etgan xavfli retsidivist 28 yoshli O.O., mast holda, Chirchiq shahar 4-kichik nohiya 20-uyning yon tomonida eshiklari ochiq holatda turgan, oʼziga oldindan tanish boʼlgan 20 yoshli S.U., ga tegishli “Spark” rusumli avtomashinani old haydovchi oʼrindigʼiga oʼtirib avtoulov egasi S.U.,ning koʼz oʼngida, talonchilik yoʼli bilan ochiqdan-ochiq olib qochib ketgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida O.O. ,olib qochilgan “Spark” rusumli avtomashinani Toshkent shahar Yashnobod tumani hududida boshqarib yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Tergov harakatlari natijasiga koʼra, O.O.,ga nisbatan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan koʼrib chiqishlik uchun jinoyat ishlari boʼyicha Chirchiq shahar sudiga yuborilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti