O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bir inson hayotiga zomin bo‘lgan o‘tirish

Andijon. 2020 yilning 05 iyul kuni soat 14:00 da 47 yoshli Sh.G‘., tanishi D.A., ning Shahrixon tumani Abdubiy ko‘chasida joylashgan yashash xonadonida bir necha nafar sinfdoshlari bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holda 50 yoshli A.S., bilan o‘zaro gap tortishib janjallashib qolishi natijasida o‘tirgan holatda bo‘lgan A.S., ni oyog‘i bilan bo‘yin sohasiga bir marotaba tepgan vaqtida A.S., hushidan ketib hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech