O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Karantin vaqtida savdo majmuasida tashkil etilgan qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi

 Toshkent viloyati. 2020 yilning 21 iyul kuni soat 18:30 da Bo‘ka tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro 51 yoshli A.T., o‘ziga tegishli Bo‘ka tumani Toshloq MFYda joylashgan savdo majmuasida 5 nafar shaxslarga qonunga xilof ravishda pul tikib qimor o‘yini o‘ynash uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Tadbir davomida 1.510.000 so‘m va A.T., dan 10.000 so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.Holat yuzasidan Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech