Quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan haydovchi 4 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati: 2019 yil 28 dekabr kuni soat taxminan 14:30da 20 yoshli F.J. boshqaruvidagi «Nexia-2» rusumli avtomashinasida Chiroqchi tumani Ko‘ktosh mahallasidan o‘tuvchi “4R-84 Yakkabog‘-Chiroqchi” yo‘li bo‘ylab harakatlanib kelib o‘zidan oldinda ketayotgan avtomashinani quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan vaqtida yo‘lning 35 km.da, 41 yoshli I.N. boshqaruvidagi «Kamaz» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Natijada «Nexia-2» rusumli avtomashina haydovchisi F.J. va 3 nafar yo‘lovchilar hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etishgan.
Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti