Bayramdagi o‘yinqaroqlik fojia bilan yakunlandi
Toshkent viloyati. 2020 yil 01 yanvar kuni taxminan soat 16:30 larda fuqarolar 20 yoshli X.E., S.A. va B.M.lar bir guruh bo‘lishib, Chinoz tumani, Sarbozor ko‘chasida 60 sm uzunlikdagi temir truba ichiga qo‘l bola usulda magma va oltingugurt aralashmasini joylashtirib, yoqishgan vaqtlarida, ushbu temir truba 8-sinf maktab o‘quvchisi S.G‘. ga borib tegishi oqibatida tan jarohati olgan S.G‘. tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Afsuski S.G‘.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2501–moddasi 3-qismi “v” bandi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.