Mehnat qonunchiligi buzilgan holda ishchi ishlatishning oqibati pichoqbozlik bilan tugadi.
2020 yil 2 yanvar' kuni taxminan soat 18-30 larda 63 yoshli Q.Z. Shahrisabz shahar Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan kafelarning birida ish boshqaruvchi fuqaro 45 yoshli O.J. bilan o‘zaro shu kafeda ishlovchi Q.Z.ning o‘g‘li I.Z.ning ishga chiqmasligi masalasida tortishib qolib, O.J. uni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganligi sababli oshxona pichog‘i bilan O.J.ning qorin sohasiga tan jarohati yetkazgan.
Natijada O.J. og‘ir tan jaroxatlari bilan Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida, bir dona oshxona pichog‘i va qonga o‘xshash dog‘lar prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Q.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti