O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oddiy qiziqish... yoki boshqa g‘arazli sabab!?

Namangan viloyati. 2022 yil 3 sentyabr kuni soat 10:00 larda Chust tuman IIBga “Bofanda” MFYda yashovchi 46 yoshli S.F. murojaat qilib, 2022 yil 2 sentyabr kuni soat 23:00 larda o‘ziga tegishli bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli transport vositasini yashash xonadoni tashqarisida qarovsiz qoldirib, xonadoniga kirib ketgan vaqtida nomaʼlum shaxs uning avtomashinasini olib qochib ketganligini maʼlum qilgan.

Olib borilgan tergov va tezkor harakatlar natijasida, olib qochilgan avtomashina Chust tumani “Bofanda” MFY Yulduz ko‘chasidan o‘tgan ichki yo‘l chetidagi sim yog‘ochga urilgan holatda topilgan va ushbu qilmishni mazkur tumanda yashovchi voyaga yetmagan 16 yoshli A.A. sodir qilganligi aniqlangan hamda undan bir dona otvyortka, bir dona “12-14” o‘lchamli bolt-kalit, jabrlanuvchiga tegishli “VAZ-2106” rusumli transport vositasi kalitlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qlinuvchi tariqasida jalb qilingan holda protsessual tartibda ushlangan.

Tergov davomida gumon qilinuvchidan ushbu jinoyatga qo‘l o‘rganligining sababi so‘ralganda, u shunchaki avtomashinalarga qiziqishi borligi va shu sababdan avtomashinani olib qochganligini bayon etgan.

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech