Oltinko‘l tumanida talonchilik sodir etib yurgan shaxslar qo‘lga olindi
Andijon viloyati. 2021 yilning 08 mart kuni soat 19:30 dan 20:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxslar o‘zlarining boshqaruvida bo‘lgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasida Oltinko‘l tumani Ko‘makay MFY., hududida harakatlanib ketayotib, bir marotaba qo‘ng‘iroq qilish bahonasida piyoda 38 yoshli Sherzodbek M.,ning “Samsung J-2” hamda voyaga yetmagan 14 yoshli Abubakr Z., ning “Samsung A-7” rusumli uyali telefon apparatlarini olib, hodisa joyidan qochib ketganlar.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmagan 16 yoshli Muhammadali Yu., 17 yoshli Oyatillo O., 19 yoshli Islombek E., va Raxmatillo A.,lar sodir etganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Muhammadali Yu., Oyatillo O., Islombek E., va Raxmatillo A.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti