“Aroq shisha” idishi jinoyat quroli bo‘ldi
Samarqand viloyati. 2021 yilning 01 mart kunidan 02 mart kuniga o‘tar kechasi soat 00:30 larda Samarqand tumani “Sho‘rboycha” mahallasi hududida joylashgan “Choyxona.uz” nomli oshxonada 48 yoshli Yunusjon O., tanishi 34 yoshli Samar B., bilan birgalikda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holatda o‘zaro janjallashib, Samar B.,ning boshiga aroq shisha idishi bilan urishi oqibatida o‘zini boshqara olmasdan bino yer to‘lasiga yiqilib hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Yunusjon O.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti