O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oshiqni mahallasiga borib sharmandasini chiqarmoqchi bo‘lgan shaxs...

Namangan viloyati. 2022 yil 04 yanvar kuni Chortoq tumani “BeshkapaMFY,da yashovchi 27 yoshli I.A. Namangan viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil noyabr oyida Chortoq tumanida 20 yoshli A.D. bilan tanishib qolib, telefon orqali gaplashib yurganligini, 2021 yil 30 dekabr kuni esa Chortoq tumani “Baynalmilal” MFY,da yashovchi 29 yoshli A.M. unga qo‘ng‘iroq qilib, u tanishib va gaplashib yurgan qiz, uning sharʼiy nikohdagi xotini ekanligini aytib, shu kuni 3 nafar tanishlari bilan birgalikda u bilan ko‘rishib, 7.000.000 so‘m pul talab qilib, pullarni bermasa mahallasiga borib, sharmanda qilib, keyin o‘ldirish bilan qo‘rqitib kelayotganligini maʼlum qilib,ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Shu kunning o‘zida, mazkur ariza yuzasidan Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, A.M. Chortoq tumani markazida o‘zining tanishi orqali kimyoviy ishlov berilgan 5.100.000 so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech