O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Spirtli ichimlik taʼsirida janjallashish oqibati oʼlim bilan yakunlandi

Sirdaryo. 2020 yilning 15 sentyabrь kuni tungi soat 02:30 da Guliston shahrida 39 yoshli S.X., oʼzi bilan birgalikda sharʼiy nikoh asosida yashovchi 50 yoshli Z.Sh. (ayol), bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilib, oʼrtasida oʼzaro kelib chiqqan oʼzaro janjal natijasida, S.X., turmush oʼrtogʼi Z.Sh., ni badanining turli joylariga qoʼli bilan urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada, Z.Sh., olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining oʼlimiga olib kelgan qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergovga tegishlilik boʼyicha Guliston shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimiga yuborilgan.
Mazkur jinoyat ishi boʼyicha S.X., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech