Mast holatdagi shaxs avtomashina olib qochib YTH oqibatida vafot etdi
Joriy yilning 7 noyabr kuni soat tahminan 00:35 da, 23 yoshli fuqaro N.A., mast holatda bo‘la turib, o‘zining tanishlari 24-yoshli U.K. va 23 yoshli R.T.lar bilan birgalikda Namangan shahar Porloq mahalasida qarovsiz qoldirilgan fuqaro A.T.ga tegishli bo‘lgan «ВАЗ-21013» rusumli avtomashinani olib qochishib, Pungon-Namangan yo‘lining 68 kilometirida, boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga urilishi oqibatida, avtomashinani boshqarib kelgan N.A. hodisa joyida vafot etgan, sheriklari esa yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267 moddasi 2 qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xozirda, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov jarayonida barcha holatlar o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti