O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyatida qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositalarini saqlab va parvarishlab kelgan shahs aniqlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 19 aprelь kuni soat 12:30 da Boʼka tumani IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida Boʼka tumani Qoraqoʼyli mahallasida yashovchi 56 yoshli S.T., ning xonadoni oʼrnatilgan tartibda koʼzdan kechirilganda hovlidagi molxonasining devori orasidan 75 dona qogʼoz boʼlaklariga oʼralgan 2 dona 1 litr sigʼimli shisha va 2 dona 0,5 litr sigʼimli baklajkalar ichida quritilgan umumiy vazni 242,05 grammni tashkil qilgan “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi, bundan tashqari xonadon tomorqasida 15 tup “kannabis” giyohvandlik oʼsimligini yetishtirib kelayotgani aniqlanib, tadbir jarayonida aniqlangan ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Boʼka tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech