Bayramdan so‘ng sayr qilib kelishni istab “Gentra” ni olib qochdi
Toshkent shahri. 2021 yilning 08 mart kunidan 09 mart kuniga o‘tar kechasi soat 24:40 larda nomaʼlum shaxs Mirzo Ulug‘bek tumani Intizor ko‘chasida yashovchi 25 yoshli Sherzodxon A., ga tegishli “Gentra” rusumli avtomashinasini qarovsiz qoldirilganligidan foydalangan holda olib qochib, TTZ dahasida yo‘l transport hodisasi sodir etib, avtomashinani tashlab qochib ketgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, Sherzodxon A.,ning yaqin tanishi 21 yoshli Karina K., va uning qarindoshi 22 yoshli Diyor G‘., lar hodisa sodir bo‘lgan kuni birgalikda kafeda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, bayram nishonlaganliklari, Diyor G‘., bayramdan so‘ng uyiga ketgan bo‘lishiga qaramasdan Sherzodxon A.,ning uyiga kelib, ushbu jinoyatni sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Diyor G‘.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Diyor G‘.,ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti