O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fuqaroning to‘satdan vafot etishiga uni urib do‘pposlangani sabab bo‘ldi

Surxondaryo viloyati. 2021 yilning 10 mart kuni soat 15:20 larda Jarqo‘rg‘on tumani IIB ga “Polvonlar yurti” MFY., da yashovchi 55 yoshli Ernazar X., uyida to‘satdan vafot etganligi yuzasidan xabar kelib tushgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yilning 09 mart kuni soat 19:30 larda 39 yoshli Muxtor T., fuqaro Ernazar X., ni mast holatda yashash uyiga kelayotganligini ko‘rib, u bilan janjallashib, tanasining turli joylariga tepib tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan ketib qolgan. Ernazar X., ariqda yiqilib yotganligini qo‘shnilari ko‘rib uyiga olib borib qo‘yishgan. Ernazar X., olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Muxtor T.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Hurmatli fuqarolar baʼzi hollarda birinchi taassurot aldamchi bo‘lishi mumkin, agarda siz behush yoki yordamga muhtoj fuqaroni ko‘rgan bo‘lsangiz darhol 103 yoki 102 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishingizni so‘raymiz. Befarq bo‘lmang!

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech