Haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida 3 nafar shaxs vafot etdi
2020 yilning 05 oktyabr kuni soat 17:00 da 33 yoshli A.S., o‘zining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini Qarshi tumanidan Nishon tumaniga qarab boshqarib borayotib, 4R-89 raqamli “Qarshi-Nishon-Talimarjon” avtomobil yo‘lining 8-kilometriga kelganida avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, ag‘darilib yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Oqibatda, avtomashina yo‘lovchisi 54 yoshli M.O., olgan tan shikasti natijasida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan, yo‘lovchilar 58 yoshli B.X., va 54 yoshli A.E.,lar og‘ir tan shikasti bilan RSHTYOIM Qashqadaryo filialining “Jonlantirish” bo‘limiga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalariga qaramasdan shu kuni vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-kismi “a” bandi bilan (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti