“Ishbilarmon” kishi oʼzining qishloqdoshlarini katta miqdordagi pulga aldadi.
Namangan. 2019 yil dekabr oyi boshlarida Yangiqoʼrgʼon tumanida yashovchi 40 yoshli Gʼ.K. oʼzining hamqishloqlarini aldab, ularning mulklarini qoʼlga kiritish maqsadida oldindan reja tuzgan. Shu tariqa u 25 yoshli T.M.dan umumiy bahosi 14.700.000 soʼmlik 2 bosh qora mollarini pulini 4 kun ichida toʼlab berishni vaʼda qilib, aldab olib, T.M.ning ishonchini suiisteʼmol qilib, bergan vaʼdasini bajarmasdan 2 bosh qora mollarni firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritgan.
Bundan tashqari, Gʼ.K. oʼzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran, yana 3 nafar qishloqdoshlarini umumiy bahosi 26.500.000 soʼmlik uch bosh qoramollarini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritgan. Barcha holatda Gʼ.K. bergan vaʼdasini bajarmasdan qora mollarini boshqa shaxslarga sotib, kelishilgan pullarni egalariga bermasdan, ularni aldab, ishonchlarini suiisteʼmol qilib, pullarni oʼzining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. Keyinroq aldanganliklarini bilgan jabrlanuvchilar yanvarь oyi oʼrtalarida fuqaro Gʼ.K.ga nisbatan ariza bilan IIBga murojaat qilganlar.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqoʼrgʼon tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (koʼp miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararni undirish choralari koʼrilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti