Tergov harakatlari yakunlanish arafasida.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Straus House” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari yakunlanish arafasida. Bugungi kunga qadar jinoyat ishi bo‘yicha 400 nafarga yaqin shaxslar so‘roq qilinib, jabrlanuvchi va fuqaroviy da'vogar deb e'tirof etilganlar.
Dastlabki tergovning to‘liqligini ta'minlash maqsadida, “Straus House” MChJ mansabdor shaxslarining jinoiy harakatlaridan jabr ko‘rib, murojaat qilmagan fuqarolar bo‘lsa, o‘zlari yashab turgan hududidagi IIB huzuridagi tergov bo‘limlariga yoki IIV huzuridagi Tergov departamentiga yoxud 71-231-41-28, 71-231-43-02 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, murojaat qilish huquqlari mavjudligi ma'lum qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti