O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xodimga pora berish jinoyati oldi olindi.

Andijon. 2020 yil 11 fevral' kuni Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi xodimi IIB rahbariyatiga o‘rnatilgan tartibda murojaat qilib, ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha o‘g‘irlik sodir etganlikda gumon qilinuvchi 40 M.X. “Damas” rusumli avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga unga 200 AQSh dollari va ikki dona printerlarni pora tariqasida taklif qilayotganligini ma'lum qilgan.

Shunga asosan ushbu kunning o‘zida Toshqo‘rg‘on mahallasida o‘tkazilgan tezkor-tadbir jarayonida, M.X. tergov bo‘linmasi xodimiga 200 AQSh dollari va 2 dona printerlarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va M.X. prosessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech