Toshkent viloyatidagi transport vositasini olib qochish
Piskent. 2020 yilning 09 fevral kuni taxminan soat 22:30 larda 35 yoshli A.E. “Mingtepa” mahallasidagi choyxona oldida 23 yoshli M.A. tomonidan “Nexia” rusumli avtomashinasi dvigateli o‘t oldirilgan holatda qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, avtomashinani noma'lum tomonga olib qochib ketgan. “Barlos” mahallasiga yetib borganidan borganidan avtomashinani shu yerda qoldirgan va noma'lum tomonga yashiringan. Ko‘rilgan choralar natijasida A.E. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Piskent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishida A.E. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti