O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

3 nafar o‘smir tomonidan sodir etilgan jinoyat

Andijon. 2020 yilning 20 iyul' kuni soat 21:30 da Andijon tumani Gumbaz MFY hududida fuqaro 21 yoshli J.J., 20 yoshli M.K. va 19 yoshli A.I.,lar bir guruh bo‘lib, M.K., ning boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinada 36 yoshli D.Z., ni kuzatib, “Milliy hammom” binosi yonida to‘xtatib, (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatishib) D.Z., ning yuz qismiga urib, yonida bo‘lgan narxi 1.400.000 so‘mlik 1 dona “Samsung A-10” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida J.J., M.K. va A.I., lar ushlanib, ulardan “ Samsung A-10” rusumli uyali telefon apparati xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha J.J., M.K. va A.I.,larga JKning  164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) bilan ayb e'lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech