Bosqinchilar IIB xodimlari tomonidan jinoyat ustida qoʼlga olindi.
Qarshi shahri. IIO xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida bir guruh bosqinchilar jinoyat ustida qoʼlga olinishi natijasida jinoyatning oldi olindi.
2019 yilning 07 noyabr kuni taxminan soat 02:00da 41 yoshli G.T.ning puldor jabrlanuvchi haqidagi bergan maʼlumotiga koʼra, 32 yoshli I.D. jinoiy sheriklari 20 yoshli J.S., 20 yoshli Sh.O., 21 yoshli F.T., 34 yoshli O.S. va 35 yoshli S.X.lar yuzlariga niqob kiyib, temir truba va pichoq hamda skotch yordamida, Qarshi shahar Аralovul MFYda yashovchi 63 yoshli fuqaro M.А.ning uyiga bosqinchilik sodir etish maqsadida gʼayriqonuniy ravishda kirib, jinoyatni sodir etayotgan vaqtlarida Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida ushlangan.
Hodisa joyini koʼzdan kechirish jarayonida ushlangan shaxslardan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 07 noyabr kuni Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik, uy-joyga gʼayriqonuniy ravishda kirish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Jinoyat sodir etishda ishtirok etgan barcha shaxslarga ayblov eʼlon qilinib, hozirda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti