O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zining tanishini ijtimoiy tarmoqlarda sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, tovlamachilik qilgan shaxs javobgarlikka tortilmoqda.

Samarqand viloyati. 2019 yil 08 dekabr' kuni 25 yoshli Oydinoy (ismi o‘zgartirilgan) Pastdarg‘om tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil avgust oylarida “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida 21 yoshli R.A. ismli shaxs bilan tanishib o‘zaro uchrashib yurganligini, R.A. uni sharmanda qiluvchi ma'lumotlarni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 1.700 AQSh dollari miqdorida pul talab qilayotganligini bildirib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

2019 yil 08 dekabr' kuni soat 18:00da Pastdarg‘om tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida R.A. so‘ralgan pullarning bir qismi, ya'ni 600 AQSh dollarini olayotganida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov jarayonida R.A. ga ayblov e'lon qilinib unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

----------

Самарқанд вилояти. 2019 йил 08 декабрь куни 25 ёшли Ойдиной (исми ўзгартирилган) Пастдарғом тумани ИИБга ариза билан мурожаат қилиб, унда 2019 йил август ойларида “Одноклассники” ижтимоий тармоғида 21 ёшли Р.А. исмли шахс билан танишиб ўзаро учрашиб юрганлигини, Р.А. уни шарманда қилувчи маълумотларни тарқатиб юбориш билан қўрқитиб, 1.700 АҚШ доллари миқдорида пул талаб қилаётганлигини билдириб, ушбу шахсга нисбатан қонуний чора кўришни сўраган.

 2019 йил 08 декабрь куни соат 18:00да Пастдарғом тумани ИИБ ЖҚБ ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбир давомида Р.А. сўралган пулларнинг бир қисми, яъни 600 АҚШ долларини олаётганида ушланган.

 Мазкур ҳолат юзасидан Пастдарғом тумани ИИБ ҳузуридаги Тергов бўлими томонидан Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 165-моддаси 1-қисми (товламачилик) билан жиноят иши қўзғатилган бўлиб, дастлабки тергов жараёнида Р.А. га айблов эълон қилиниб унга нисбатан “гаров” эҳтиёт чораси қўлланилган. Ҳозирда жиноят иши бўйича дастлабки тергов ҳаракатлари давом эттирилмоқда.

         Ўзбекистон Республикаси ИИВ ҳузуридаги Тергов департаменти.

 

Text to speech