Samarqanddan Sirdaryogacha 233 kilometr
Samarqand viloyati. 2021 yil 14 fevral kuni soat 07:25 da Jomboy tumani IIBga “Guliston” MFYda yashovchi 65 yoshli Ulbus N.,dan kelib tushgan xabarga ko‘ra, xonadonida ijarada turuvchi 21 yoshli Umid R., u o‘tirgan xonani qulflab, unga tegishli “Nexia-2” rusumli avtomashinasining kalitini egallab, avtomashinani boshqarib olib qochganligini maʼlum qilgan.
Zudlik bilan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida fuqaro Ulbus N.,ga tegishli “Nexia-2” rusumli avtomashina Sirdaryo tumani hududida yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan holatda topilib, Umid R., hodisa joyida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1- qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazosi tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti