O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

"DSP" devor o‘g‘riga dosh bera olmadi

Namangan viloyati. 2021 yilning 08 mart kuni soat 03:00 larda nomaʼlum shaxs Yangiqo‘rg‘on tumani Beshbuloq MFY.,da joylashgan “Best” nomli savdo do‘koniga devorini teshish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ushbu do‘konda bo‘lgan 27 yoshli Oxunjon O.,ga tegishli 13 dona narxi 450 AQSH dollarlik “Artel” rusumli, 9 dona narxi 7 000 000 so‘mlik “Samsung A-9” rusumli uyali telefon apparatlari, seyf ichida bo‘lgan 370 AQSH dollar hamda 1 500 000 so‘m pul mablag‘larini yashirin ravishda o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni sobiq do‘kon ishchisi bo‘lib ishlagan 21 yoshli Akmal T., sodir etganligi, u do‘kon yonida joylashgan qarovsiz qassobxonaga kirib, qassobxona bilan do‘kon o‘rtasidagi “DSP” dan yasalgan devorni buzish orqali kirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Akmal T.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech