O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Belkurak bilan zarba bir kishining hayotiga zomin boʼldi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 30 may kuni soat taxminan 12:00 da Zangiota tumani Boʼzsuv qoʼrgʼoni Madaniyat koʼchasida, 38 yoshli X.B., 21 yoshli B.N. bilan oʼzaro ogʼzaki kelishmovchilik oqibatida janjallashib, keyinchalik B.N. uyidagi belkurak bilan X.B. tanasining yuz va oyoq qismiga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada X.B. olgan tan jarohatlari bilan tuman tez tibbiy yordam boʼlimiga olib borilgan, shifokorlar tomonidan koʼrsatilgan tibbiy muolajaga qaramay vafot etgan.

Hodisa joyini koʼzdan kechirish jarayonida X.B. xonadonidan, hovlini yer qismidan qon dogʼlariga oʼxshash moddalar, bir dona belkurak, bir dona oq-koʼk rangli qon dogʼlariga oʼxshash moddalar boʼlgan erkaklar futbolkasi olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam oʼlimiga olib kelgan qasddan badanga ogʼir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, B.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech