Mast holatda birovni avtomashinasini olib qochdi
Qoraqolpog‘iston. 2020 yilning 24 may kuni Nukus shahrida yashovchi 28 yoshli J.S. shahar IIB ga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 20:40 da “Spark” rusumli transport vositasini Nukus shahar “Jeke-terek” MFY, “Zamonaviy” ko‘chasidagi oziq-ovqat do‘koni oldida kalitni avtomashina ichida qoldirib, do‘konga kirib ketgan vaqtda noma'lum shaxs olib qochganligini ko‘rsatib o‘tgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv natijasida oilb qochilgan “Spark” rusumli transport vositasi Nukus tumani Qizil uy posyolkasi hududidan o‘tuvchi ichki asfal't yo‘l chekkasidan soz holatda topilgan.
Shudan so‘ng jinoyatni issiq izidan ochish maqsadida bir qator tezkor ishlar amalga oshirilib, ushbu jinoyatni 28 yoshli J.T. mast holatda sodir etganligi olib qochilgan avtomashinaning davlat raqamlarini yechib, tashlab yuborganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Nukus shahri IIO FMB IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti