O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Boshqaruvni yo‘qotish o‘limga olib keldi

Samarqand. 2020 yilning 24 may kuni soat 18:00 da haydovchi 39 yoshli K.T. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasini Ishtixon tumani “Azamat” maxallasi Nurobod qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lda boshqarib borib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida, harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomon chekkasida joylashgan Xatirchi kanalining kichik irmog‘ining tushib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi 39 yoshli M.U. tan jarohati olib, Xatirchi kanalining kichik irmog‘ining suv oqimiga tushib ketib vafot etganligi aniqlangan. M.U., ning murdasi hodisa joydan suv oqimi bo‘yicha 430 metr uzoqlikda kanalning kichik irmog‘ining suv oqimidan topilgan.

Holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xurmatli haydovchilar, transport vositasini boshqarayotgan vaqtingizda xushyor va sergak bo‘lishingizni so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech