O‘g‘irlik sodir etish uchun ekskavator zarur bo‘ldi
Jizzax viloyati. 2021 yil 17 dekabr kuni “O‘zneftgazaloqa” MCHJ Ishlab-chiqarish texnologik aloqa boshqarmasi direktori G‘allaorol tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 14 dekabr kuni Zirabuloq-G‘allaorol magistralida 34.965.840 so‘mlik 2400 metr kabellarini nomaʼlum shaxslar tomonidan texnika vositalari yordamida talon-toroj qilinganligi haqida maʼlum qilib, o‘g‘irlik sodir qilgan shaxslarga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, ushbu jinoyatini Zarbdor tumanida yashovchi 26 yoshli I.I. va Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli A.A., lar jinoiy til biriktirib, 2021 yil 12-16 dekabr kunlari “Hyundai” rusumli mini ekskavatorda kabellarini kavlab olganliklari aniqlanib, 37 metr kabellar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti