O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘g‘irlangan kabutarlar uchib ketdi...

 

Namangan viloyati. 2021 yilning 10 mart kuni nomaʼlum shaxs Pop tumani Iftixor MFY.,da yashovchi Jahongir Z.,ning yashash xonadonining hovlisida joylashgan kaptarxonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, unga tegishli narxi 2 000 000 so‘mlik 12 dona kabutarlarni yashirin ravishda o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 11-sinf o‘quvchisi 18 yoshli Sanjar X., sodir etganligi aniqlanib, u ham kabutar boqishga qiziqishi, kabutarlarni o‘g‘irlab ketayotgan vaqtida 6 tasi uchib ketib qolganligi aniqlanib, 6 dona kabutar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sanjar X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.      

   

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech