O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘n sakkiz yoshli xavfli retsidivist

Andijon viloyati. 2021-yil 21-noyabrdan 22-noyabrga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Andijon shahri Boburshoh ko‘chasida joylashgan 45 yoshli I.S.,ga tegishli tilla va kumush buyumlar sotiladigan do‘konga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mazkur do‘kondan 70.000.000 so‘mlik kumush buyumlarni, 150 AQSH dollariga teng bo‘lgan choyshablar, tarozi, kassa apparati, terminal va bir dona qora rangli “barsetkani yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni muqaddam bir necha marotaba sudlangan xavfli retsidivist bo‘lmish 18 yoshli I.M. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u, gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech