O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Chirchiqda 2 nafar voyaga yetmaganlarni jinoyatga jalb qilib, bosqinchilik sodir etgan shaxs ushlandi.

2020 yil 12 yanvar kuni soat taxminan 02:00 larda noma'lum shaxslar Chirchiq shahar 8-kichik nohiya hududida piyoda o‘tib ketayotgan 43 yoshli Z.T.,ning orqa tomonidan kelib, bosqinchilik yo‘li bilan egnidagi kurtkasining cho‘ntagidan 800.000 so‘m pullari va bir dona “Samsung Galaxy J6 PRO” rusumli uyali aloqa vositasini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 20 yoshli fuqaro R.X., sub'ekt yoshiga to‘lmagan voyaga yetmagan 11 yoshli B.T. va 12 yoshli D.K.,lar bilan birgalikda, ularni jinoyat sodir etishga jalb qilgan holda sodir etganligi aniqlangan va R.X.,dan bir dona “Samsung Galaxy J6 PRO” rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Tergovda R.X. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) va 127-moddasi 3-qismi “b” bandi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan hamda prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech