Buxorodagi YTHda 3 kishi vafot yetdi
Buxoro. 2020 yilning 01 iyul kuni soat 07:00 da haydovchi 21 yoshli H.S. boshqaruvida boʼlgan “Cobalt” rusumli avtomashinani Buxoro viloyat Peshkoʼ tumani hududidan oʼtuvchi А-380 yoʼlining Xorazm-Buxoro yoʼnalishi boʼylab boshqarib borib, ushbu yoʼlning 395-kilometrida, oʼzi bilan bir yoʼnalishda, oldinda harakatlanib borayotgan 52 yoshli Yu.Sh., ning boshqaruvida boʼlgan “Mercedes-Benz 1841 LS” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, yoʼl transport hodisasini sodir etgan.
Natijada “Cobalt” avtomashina haydovchisi H.S. va yoʼlovchi sifatida ketayotgan 22 yoshli S.Y. hamda 50 yoshli P.N., lar hodisa joyda vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan Peshkoʼ tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda jinoyat ishi boʼyicha Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli haydovchilar transport vositasini xushyor va sergak holatda boshqarshingizni, amaldagi “Yoʼl harakati qoidalariga” qatʼiy rioya qilishingizni soʼraymiz.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti