O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namanganda o‘smir yigit sevgan qizini Rashk qilib jinoyatga qo‘l urdi

Namangan viloyati. Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, voyaga yetmagan (16 yoshli) Xamidullo R. 2020 yilning 07 noyabr kuni soat 22:30 larda Namangan shahar “SoxilMFY hududida bo‘la turib maktabdoshi, voyaga yetmagan (17 yoshli) G‘iyosiddin N. bilan “Nega meni yaxshi ko‘rgan qizimga SMS jo‘natding” deb, o‘zaro janjallashib, uni qorin sohasiga pichoq bilan bir marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib borgan tergov-tezkor guruhi, joyni ko‘zdan kechirib, Bodomzor ko‘chasidan oqib o‘tuvchi ariq bo‘yidan  tan jarohati yetkazishda foydalangan bir dona yog‘och sopli oshxona pichog‘i hamda hodisa joydagi qon dog‘lariga o‘xshash dog‘larni aniqlanib protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tibbiy maʼlumotnomaga ko‘ra, jabrlanuvchining badanida qorindagi sanchilgan, kesilgan tarzidagi jarohati bo‘lib, charvi inventarizatsiyasi, jarohatidan qon sizib chiqishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro Xamidullo R., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganga.

Biroq, joriy yilning 09 noyabr kuni ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchi kasalxonaning jonlantirish bo‘limida olgan og‘ir tan jarohati oqibatida vafot etgan. 

hozirda Xamidullo R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “D” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi taʼminlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech