O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tunda boshqaruvni yo‘qotganligi oqibatida 3 nafar shaxs vafot etdi yana ikki nafari esa shifoxonada

Samarqand. 2020 yilning 04 oktyabr kuni soat 20:30 da Narpay tuman Oqoltin MFYda hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Nukus”  M-37 avtomobil yo‘lining 96 km.da, haydovchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi 42 yoshli Z.B., boshqaruvida bo‘lgan “Tacuma” rusumli avtomashinasi bilan “Toshkent-Nukus” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib borib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi o‘rtadagi beton to‘siqqa urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, haydovchi Z.B., va yo‘lovchi 26 yoshli N.A.,lar voqea joyida, boshqa bir yo‘lovchi 37 yoshli M.S., esa olgan tan jarohatlari oqibatida tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Shuningdek, avtomashinada bo‘lgan yana ikki nafar yo‘lovchilar 41 yoshli X.Q. va uning ukasi J.Q.,lar turli hildagi tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi shu kunning o‘zida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech