O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqandlik keksa kishining hovlisidan giyohvandlik o‘simliklari aniqlandi

Samarqand. 2020 yilning 19 may kuni soat 11:20 da Jomboy tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori 2020” tadbiri davomida, Jomboy tuman G‘orovtepa qishlog‘ida yashovchi 96 yoshli G‘.T., ning yashash uyi hovlisidagi tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida ekilgan jami 122 tup yashil rangli, o‘tkir hidli, «ko‘knor» giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, ushbu 122 tup o‘simliklar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech