O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqandda “Qoradori-2020” tadbirlari davom etmoqda

2020 yilning 24 iyul kuni Oqdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2020” tezkor tadbiri davomida Oqdaryo tumani Yangihayot MFY yashovchi 61 yoshli S.E.,ning hovlisi ko‘zdan kechirilganida, tomorqadan jami 20 tup yashil rangli “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib yetishtirib kelayotganligi hamda tomorqadagi daraxt tagida yashil rangli, o‘tkir hidli quritilgan holdagi 16,4 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, ushbu kuni soat 20:00 da tadbir jarayonida Oqdaryo tuman Yangiqo‘rg‘on mahallasida yashovchi U.M.,ning hovlisidagi tomorqasi ko‘zdan kechirilganida, u yerdan ham jami 20 tup yashil rangli “kannabis” giyohvandlik o‘simligiga o‘xshash o‘simlikni ekib yetishtirib kelayotganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, 2020 yil 26 iyul kuni soat 10:00 da Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, Kattaqo‘rg‘on tumani Qorakulcha mahallasida yashovchi 37 yoshli I.S.,ning yashash hovlisi ko‘zdan kechirilganida, tomorqasidan jami 17 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simliklarni ekib yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Yuqoridagi har uchala holatda ham gumon qilinuvchilarga nisbatan tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270 (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 276-moddalari ( Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech