Qiziga gap otganligi uchun janjallashgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Andijon. 2020 yilning 18 oktyabr kuni 19:00 da voyaga yetmagan 16 yoshli G‘.R., o‘zining yoqtirgan qiziga mahalladoshi voyaga yetmagan 14 yoshli A.T., gap otib, shilqimlik qilayotganidan jahli chiqib, Bo‘ston tumani Nurafshon MFYda joylashgan yashash uyining yonida A.T., bilan o‘zaro janjallashganliklari oqibatida A.T.,ni qo‘llari bilan urib, oyog‘i bilan tepib, tan jarohati yetkazgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida A.T.,ga hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan G‘.R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti