Xorazmda tovlamachilik
Xorazm. 2020 yilning 24 iyun kuni soat 19:00 da Xorazm viloyati IIB hamda Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tadbir jarayonida, 30 yoshli Sh.R. tanishi 22 yoshli M.Q., ning (ayol) shaxsiy hayotiga oid maʼlumotlarni, fotosurat hamda video tasvirlarni oshkor qilish bilan qoʼrqitib, maʼlumotlarni tarqatmaslik evaziga 15.860.000 soʼm pul berishini talab qilib, talab qilingan 15.860.000 soʼm pullarni M.Q., ning onasi M.А., dan olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan voqea joyida qoʼlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.R., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan, jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergovni Urganch shahri 2-son IIB huzuridagi Tergov guruhi olib bormoqda. Sh.R. JKning 165-moddasi 2-qismi “a” (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamachilik) bandi bilan gumon qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov jarayonida Sh.R. ayblanuvchi tariqasida ishda jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti