O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Geroin oʼtkazishga suiqasd qilgan shaxs ushlandi

Samarqand. 2020 yilning 22 avgust kuni soat 07.00 da IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tuman prokurorining sanktsiyasiga asosan Urgut tumani “Mirzabogʼlon-Chep” mahallasida muqaddam giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan 49 yoshli X.Ya., ning yashash uyi koʼzdan kechirilganida, yashash uyining oshxonasida joylashgan gaz plitasining tagidan polietilen paket boʼlagiga oʼralgan 0,34 gramm “geroin” giyohvandlik vositasi saqlanayotganligi aniqlangan va oʼrnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan X.Ya., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarini koʼp miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Jinoyat ishi boʼyicha X.Ya., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech