200.000 АQSh dollariga chuv tushurgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi
Namangan. 25 yoshli I.M., oʼzganing mulkini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritish maqsadida, 2019 yilning 22 mart kuni Namangan shahrida 36 yoshli N.А., ning ishonchiga kirib, unga tegishli jami 10.000 dona transport vositasi ustiga osma gʼiloflarga xaridor topganligini, ularni sotib pulini 10-15 kunda berishini aytib, aldab, har bir osma gʼiloflarni 20 АQSh dollaridan kelishib, jami 200.000 АQSh dollariga teng boʼlgan osma chexollarni olib ketib, ularni sotib yuborib, vaʼdasini ustidan chiqmasdan pullarni oʼzining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan I.M., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti