Karantin vaqtida nafaqaxoʼrning yolgʼizligidan foydalangan nomard ushlandi
Toshkent viloyati. 2020 yilning 27 mart kuni taxminan soat 13:00 larda muqaddam bir necha marotaba sudlangan 53 yoshli R.А., Quyichirchiq tumani Surum mahallasida yashovchi nafaqaxoʼr 70 yoshli G.E., ning uyiga gʼayriqonuniy ravishda kirib, undan pul berishligini talab qilgan vaqtida, G.E., puli yoʼqligini aytganligi sababli, uning qoʼllaridan tortib, yotoqxonasidagi yostigʼi tagida boʼlgan 700.000 soʼm pullarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan R.А., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, R.А., ga ayb elon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda tergov xarakatlari davom ettirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti