“Gashish” giyohvandlik vositasini sotuvchisi ushlandi.
Andijon. 2020 yil 07 fevral' kuni soat 16:00 da Andijon viloyati IIB va Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan mahsus tadbir davomida, Paxtaobod tumani hududida, 46 yoshli O.B. qonunga xilof ravishda, vazni 5,35 grammni tashkil qilgan “gashish” giyohvandlik vositasini 1.000.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O.B. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha O.B.ga nisbatan ushbu modda bilan aybov e'lon qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.