O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Piyodani urib, hodisa joyidan qochib ketgan haydovchi

Toshkent viloyati. 2020 yil 17 aprelь kuni soat 23:50 larda, nomaʼlum haydovchi, tergovga qadar tekshiruv davomida nomaʼlum avtomashinasida Chinoz tumani hududidan, Toshkent shahar tomon harakatlanib Zangiota tumani Turkiston mahallasidan oʼtgan M-39 yoʼli 818-kilometri avtomobilь qatnov qismida 33 yoshli fuqaro V.R., ni urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.

Ushbu yoʼl-transport hodisasi oqibatida piyoda V.R., hodisa boʼlgan joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu yoʼl-transport hodisasini Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 26 yoshli А.Sh., boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib protsessual tartibda ushlangan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech