O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qariyaga nisbatan talonchilik qilgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 12 aprelь kuni soat 22:30 da 22 yoshli Sh.B., oʼzining 20 yoshli tanishi А.K., bilan oʼzaro jinoiy til biriktirib Yangiyoʼl shahar Charikova koʼchasida yashovchi 76 yoshli G.А.,(ayol)ning uyiga gʼayriqonuniy ravishda kirishgan. Sh.B., kuzatuv uchun hovlida qolgan, А.K. esa xonadon ichkarisiga kirib, yotoqxona ichidagi javondan narxi 15.000 soʼmlik ayollar hamyoni va uning ichidagi jami  60.000 soʼm  naqd pullari, narxi 5.000 soʼmlik ayollar dastroʼmolchasini yashirin ravishda olib, uy ichidan chiqib ketmoqchi boʼlgan vaqtida, xonadon egasi G.А. payqab qolib, yashash uyining kirish eshigini ichkari tomondan berkitib, xonalarni koʼzdan kechirayotgan vaqtida, А.K., derazaga ilingan parda orqasiga yashirinib, G.А., yaqinlashgan vaqtida uni yuz qismiga qoʼli bilan bir marotaba urib xonadonning derazasini sindirib hovliga chiqqan hamda jinoiy sherigi Sh.B., bilan tom orqasida saqlanib turgan umumiy narxi 250.000 soʼmlik mis kabellarini ham qoʼlga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyoʼl shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Sh.B. va А.K.dan 28.400 soʼm, ayollar hamyoni va mis kabelь simlarini kuydirilgan holatdagi bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Sh.B. va А.K., larga nisbatan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech