Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazdi
Joriy yilning 14 avgust kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.M.Orziqulov va Marhamat tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik J.K.Qosimovlar tomonidan Marhamat tumani 3-sektor hududidagi mahallalar aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 43 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 21 tasi joyida hal etildi, 18 nafar fuqarolarning arizalari olinib, ijroga qaratildi, 4 nafar fuqarolarga esa huquqiy tushuntirishlar berildi.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.M.Orziqulov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti